ZUMAR SURASI OYAT 53_70

ZUMAR SURASI OYAT 53_70 53. (Ey, Muhammad,) o'z jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: “Allohning rahmatidan noumid bo'lmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni mag'firat qilur. Albatta, Uning O'zi mag'firatli va rahmlidir 54. Sizlarga azob kelib, so'ngra yordam berilmay qolishidan ilgari Rabbingizga qaytinglar va Unga bo'yin suninglar! 55. Sizlarga, o'zlaringiz sezmagan holingizda to'satdan azob kelib qolishidan ilgari, Rabbingiz (tomoni)dan sizlarga nozil qilingan go'zal narsa (Qur'on)ga ergashinglar! 56. Biror jon: “Alloh haqida (Unga ibodat qilishda) sustkashlik qilganimga afsus! Rostdan ham men masxara qiluvchilardan bo'lgan edim“, - deb qolmasligi uchun. 57. yoki: “Agar Alloh meni hidoyat qilganida, albatta, taqvodorlardan bo'lur edim“, - deb qolmasligi uchun 58. yoki azobni ko'rgan chog'ida: “Qani edi, men uchun yana bir karra (yashashning imkoni) bo'l